» » O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 50 tonna gilos yetkazib berdi. Seuldan 97 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborildi

O‘zbekiston Janubiy Koreyaga 50 tonna gilos yetkazib berdi. Seuldan 97 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborildi


Uzbekistan Airways kompaniyasining charter yuk reysi Farg‘onadan to‘g‘ridan to‘g‘ri Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga 50 tonnadan ortiq gilosning navbatdagi partiyasini yetkazib berdi. O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi esa koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash, COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida 97 ming 240 dollar miqdoridagi insonparvarlik yordami Toshkentga yetib kelishini ma’lum qilgan, deb yozmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Farg‘ona viloyatida yetishtirilgan gilos Uz-Segang qo‘shma korxonasi tomonidan Janubiy Koreyaning hamkor Sunfinite Co., Ltd. kompaniyasiga yetkazilgan. O‘zbek giloslari o‘sha yerdan butun Janubiy Koreya bo‘ylab mamlakat ulgurji va chakana savdo tarmoqlari orqali tarqatiladi.

Seuldan Toshkentga olib kelinayotgan gumanitar yordam ro‘yxatidan zamonaviy shpritsli nasoslar, 15 ming qadoqda antiseptik vositalar, 12 dona tibbiy karavot va avtomatik mexanizmga ega bo‘lgan ko‘p funksiyali ko‘rpalar joy olgan.

Jihozlar Janubiy Koreyaning BOMI Engineering &Construction, Infinity Co., Ltd. kompaniyalari, Shinxan va Adju universitetlari hamda Xvasong shahar Savdo-sanoat palatasi tomonidan taqdim etilgan.

Insonparvarlik yordami Uzbekistan Airways’ning charter yuk reysi orqali jo‘natilgan.

Agentlikning qayd etishicha, yaqin kunlar ichida, taxminan, 66 ming dollar miqdoridagi yana bir gumanitar yordam charter yuk reysi tashkil etilgandan so‘ng O‘zbekistonga yuborilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют