» » Zangiotada belkurak bilan tanishini urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan yigit 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Zangiotada belkurak bilan tanishini urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan yigit 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin


Toshkent viloyati Zangiota tumanida 38 yoshli X.B. hamda 21 yoshli B.N. o‘rtasidagi janjal bir odamning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra 2020-yilning 30-may kuni soat taxminan 12:00 da Zangiota tumani Bo‘zsuv qo‘rg‘onida 38 yoshli X.B. 21 yoshli B.N. bilan o‘zaro og‘zaki kelishmovchilik oqibatida janjallashgan. Keyinchalik B.N. uydagi belkurak bilan X.B. ning yuz va oyoq qismiga bir necha marta urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda X.B. olgan tan jarohatlari bilan tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay u yerda vafot etgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida hovlini yer qismidan qon dog‘lari, bir dona belkurak, bir dona oq-ko‘k rangli qon dog‘lari bo‘lgan erkaklar futbolkasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Odam o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.N. gumon qilinuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

104-moddaning 3-qismi “d” bandidagi jinoyatni sodir etgan fuqaroga 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют