» » Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirusga chalingan fuqaro aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlari soni 3769 nafarga yetdi

Toshkent viloyatida aholi orasida koronavirusga chalingan fuqaro aniqlandi. O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlari soni 3769 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 3-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 9 kishiga ko‘payib, 3769 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 7 tasi Toshkent viloyatida (6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari aholi orasidan aniqlangan), 2 tasi Sirdaryo viloyatida (1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olingan fuqaro) aniqlangan.

O‘zbekistonda 3-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 846 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir deb baholanmoqda. Shu vaqtgacha 2908 nafar bemor sog‘aygan, 15 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют