» » AQShda qora tanli Jorj Floydning o‘limiga aloqador barcha politsiyachilarga ayblov e’lon qilindi

AQShda qora tanli Jorj Floydning o‘limiga aloqador barcha politsiyachilarga ayblov e’lon qilindi


Minnesota shtati prokuraturasi qo‘lga olinish vaqtida vafot etgan 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limiga aloqadorlikda gumonlanayotgan uch nafar sobiq politsiyachiga ayblov e’lon qildi. Bu haqda sud materiallariga tayanib, The New York Times xabar berdi.

37 yoshli Tomas Leyn, 26 yoshli Aleksander Kueng va 34 yoshli Tu Tao qasddan sodir etilmagan qotillikka undash va unga sheriklikda ayblanmoqda.

Jorj Floydning bo‘ynini tizzasi bilan salkam 9 daqiqa bosib turgan sobiq politsiyachi Jek Chavenga nisbatan e’lon qilingan ayblovlar qattiqlashtirildi. Dastlab u ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan qotillikda ayblaganga bo‘lsa (25 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi), hozir esa qasddan qotillik sodir etishda ayblanmoqda. Ushbu modda bilan ayblanganlar 40 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Chaven 29-maydan buyon hibsda saqlanmoqda.

Mavzuga doir: Kun fotosi: AQShda qotil hamkasbi uchun politsiyachilar tiz cho‘kib kechirim so‘radi

Eslatib o‘tamiz, Minneapolis shahri politsiyasi vakili 25-may kuni 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida uni tutib, yerga yotqizgan va tizzasi bilan bo‘ynini bosgan. Politsiyachi uni shu tariqa uzoq vaqt ushlab turishi Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan. Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, AQShning turli hududlarida norozilik namoyishlari boshlangan. AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e’lon qilindi. Donald Tramp Oq uy qarshisida sodir bo‘lgan norozilik namoyishi vaqtida yerosti bunkeriga berkingani ma’lum bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют