» » Narpayda Damas haydovchisi piyodani turtib ketdi. Piyoda mushtlashi oqibatida haydovchi vafot etdi

Narpayda Damas haydovchisi piyodani turtib ketdi. Piyoda mushtlashi oqibatida haydovchi vafot etdi


Samarqand viloyati Narpay tumanida 27 yoshli erkak uni Damas mashinasida turtib ketgan haydovchini bir musht urishi haydovchining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 31-may kuni soat 23:30 da 27 yoshli D.R. Narpay tumani “Sarbozor” mahallasida joylashgan “Mirbozor” bozorining oldidagi “Samarqand” avtoshohbekatida Navoiy viloyatidan kelayotgan pochtani kutayotgandi. Shu vaqtida 47 yoshli Sh.U. o‘zining boshqaruvidagi Damas mashinasida kelib, fuqaro D.R.ning o‘ng yelkasidan turtib o‘tgan. Buning natijasida yuzaga kelgan janjalda D.R. qo‘li bilan haydovchi Sh.U.ning yuziga bir marta urgan, Sh.U. esa yerdagi toshga yiqilib tan jarohati olgan.

Damas haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan Narpay tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat bo‘yicha Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020-yilning 2-iyul kuni soat 11:30 da Sh.U. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shu sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) qayta malakalangan. R.D. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda tunda tanish yigitlarning qo‘l siqib salomlashishi pichoqbozlikni keltirib chiqardi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют