» » Latviyada favqulodda holat rejimi o‘z yakuniga yetmoqda

Latviyada favqulodda holat rejimi o‘z yakuniga yetmoqda


Latviyada koronavirus epidemiyasi sabab joriy qilingan favqulodda holat rejimi 9-iyundan o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Krishyanis Karinish hukumatning navbatdan tashqari majlisida ma’lum qildi, deya xabar bergan Delfi nashri.

Latviya sog‘liqni saqlash vaziri Ilze Vinkele matbuot anjumanida 10-iyundan boshlab bitta binoda 100 nafargacha, ko‘chadagi bitta tadbirda esa 300 nafargacha odam to‘planishiga ruxsat berilishini bildirdi.

Hozirda binoda ham, ko‘chada ham ko‘pi bilan 25 nafar odamning to‘planishiga ruxsat etiladi. Koronavirus yuqtirib olganlar soni keskin ko‘paymasa, chegaralarning ochilishi yana epidemiya boshlanishiga olib kelmasa, iyulda ming nafargacha ishtirokchi qatnashishi mumkin bo‘lgan tadbirlarning o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.

Keyingi bosqich bino ichida 250 nafargacha odamni to‘plab, tadbir o‘tkazish imkoniyatining berilishi bo‘lishi mumkin. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, katta tadbirlarning o‘tkazilishiga qo‘yilgan taqiqlarning olinishi, qo‘llarni majburiy tartibda dezinfeksiyalash hamda ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga amal qilish shart emasligini anglatmaydi. Vazir tadbirlarga tibbiy niqob taqqan holda borishga chaqirgan.

Latviya hukumatida karantin cheklovlarini kafe va restoranlarga nisbatan yumshatish muhokama qilinmoqda. Iyun oyi davomida tashqi ayvonli umumiy ovqatlanish maskanlari qayta ochilishi va ularda bittadan ko‘p odamning bir stol atrofida o‘tirishiga, stollarni esa ijtimoiy masofalanish qoidasiga mos holda joylashtirilishiga ruxsat berilishi kutilmoqda.

Vinkelening aytishicha, binolar ichida bir nafar odamga 4 kvadrat metr maydon to‘g‘ri kelishi haqidagi qoidaga rioya qilish zarur.

Eslatib o‘tamiz, Latviya, Litva va Estoniya davlatlari 15-maydan ichki chegaralarni ochgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют