» » Milliy gvardiya Sardoba suv toshqini oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma’lumot berdi

Milliy gvardiya Sardoba suv toshqini oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma’lumot berdi


AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov Sardoba suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko‘ra talafotlarni bartaraf etish ishlariga 2 535 nafar shaxsiy tarkib safarbar etilgandi. 1-iyun kuni Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlaridan tashqari barcha bo‘linmalar xizmat joylariga qaytarilgan.

Mavzuga doir: Sardobaga jalb etilgan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari o‘z xizmat joylariga qaytdi

Sardoba suv toshqini oqibatida talafot ko‘rgan hududlarda tozalash ishlari to‘liq yakuniga yetkazilgan, evakuatsiya qilingan fuqarolar joylashgan 15 ta obyekt (2 506 nafar fuqaro) Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan qo‘riqlanmoqda.

Qurilish va ta’mirlash ishlariga respublikaning 13 ta shahar va viloyatidan jami 10 700 nafar quruvchi Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi 20 ta obyekt va 12 ta aholi yashash punktidagi xonadonlarga joylashtirilgan. 784 ta turli xil hujjat va 4 598 bosh tirik qoramol topilib egalariga qaytarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют