» » Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 ming kishidan oshdi, Qirg‘izistonda esa 2 ming kishiga yaqinlashdi

Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 ming kishidan oshdi, Qirg‘izistonda esa 2 ming kishiga yaqinlashdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 245 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 12 312 kishiga yetgan. Hozirga qadar 6606 kishi sog‘aygan, 52 kishi virus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 37 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi “Kloop.kg”.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 14 nafari Bishkekda qayd etilgan. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham virus bilan kasallanish holatlari aniqlangan:

Kasallarning 17 nafari chetdan, asosan, Rossiyadan kirib kelganlar. Yana 12 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar. Sakkizta holatda infeksiyaning yuqish manbasi aniqlanmagan.

O‘tgan bir sutkada davomida 48 kishi koronavirusdan sog‘aygan. Shu bilan birga, O‘sh shahrida 34 yoshli, Bishkekda esa 84 yoshli bemor koronavirus oqibatida vafot etgan.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 1936 kishiga yetdi, ularning 22 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1340 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 574 kishi statsionarlarda qolmoqda.

Tojikistonda 4-iyun holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni yana 98 kishiga ortib, kasallikka chalinganlarning jami soni 4289 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda hozirga qadar COVID-19 bilan kasallangan 2401 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 48 kishi virus qurboniga aylangan. Ayni vaqtda koronavirus tashxisi qo‘yilgan 1418 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolgani ma’lum qilindi

Afg‘onistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 ming kishidan oshib ketdi, kamida 300 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda 4-iyun holati bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 18 054 kishini tashkil etmoqda, 1,5 mingdan ortiq kishi sog‘aygan. Hozirga qadar koronavirus bilan kasallangan 300 bemor vafot etgan.

O‘zbekistonda 5-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 3965 nafarga yetdi. Ayni vaqtda mamlakat bo‘yicha 862 bemor davolanishni davom ettirmoqda, ulardan 9 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Eslatib o‘tamiz, hozirgacha 3087 kishi sog‘aygan, bemorlarning 16 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют