» » Key-Liga. Ikrom Aliboyev jamoasi o‘z uyida peshqadamga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)

Key-Liga. Ikrom Aliboyev jamoasi o‘z uyida peshqadamga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (video)


Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 5-turida “Seul” 6-iyun, shanba kuni “Chonbuk Motors”ni qabul qildi.

Uchrashuvda poytaxtliklar yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Mehmonlar safida Li Don Guk dubl qayd etgan bo‘lsa, Han Ge Von va Li Shin Gi bir martadan “Seul” darvozasiga yo‘l topdi. Shuningdek, uchrashuvdagi dastlabki gol muallifi Han Ge Von ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Maydon egalarining yagona javob goliga tajribali Pak Chu Yon muallif bo‘ldi. Asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev 62-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa “Chonbuk” ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda 1-pog‘onaga qaytdi. “Seul” esa (6) 7-o‘rinda qoldi.

Key-Liga

5-tur bahsi

6-iyun, shanba

Gollar: 0:1 — 44 Han Ge Von, 1:1 — 45+1 Pak Chu Yon, 1:2 — 47 Li Shin Gi, 1:3 — 55 Li Don Guk, 1:4 — 73 Li Don Guk.

“Seul”: Yu San Hun, Kim Ju Son, Kim Nam Chun, Hvan Hyon Su, Aliboyev (Ko Yon Han, 62), Han Chan Hi, Kim Jin Ya, Ko Kvan Min (Yan Yu Min, 77), Ju Se Jon, Jo Yon Uk, Adriano (Pak Chu Yon, 44).

“Chonbuk Motors”: Son Bom Gin, Kim Min Hyok, Kim Jin Su, Li Yon, Chhve Bo Gyon, Kim Bo Gyon, Son Jun Ho, Li Shin Gi (Kunimoto, 77), Han Ge Von, Jo Gyu Son (Murilyo, 40), Li Don Guk (Veldveyk, 77).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют