» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 30 taga ko‘paydi. Jami kasallanganlar 4094 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 30 taga ko‘paydi. Jami kasallanganlar 4094 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 6-iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 30 kishiga ko‘payib, 4094 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 19 tasi karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 4 tasi Toshkent shahrida aholi orasida, 3 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, yana 3 tasi Andijon viloyatida (1 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 tasi esa Qirg‘izistondan chegara posti orqali kelgan fuqaroda), 1 tasi esa Qashqadaryo viloyatida ishlovchi qozog‘istonlik fuqaroda aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 809 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.

Avvalroq soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 42 kishiga ko‘payib, 4064 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha mamlakatda qayd etilgan bemorlarning 3268 nafari butunlay sog‘aygan, 17 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют