» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4331 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4331 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 7-iyun kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 29 kishiga ko‘payib, 4331 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 7 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 tasi Toshkent shahri hamda 8 tasi Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 tasi Sirdaryo viloyatida va yana 2 tasi Toshkent viloyatida xorijdan chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina havdovchilarida aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 960 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda”, — deyiladi SSV axborotida.

Avvalroq 7-iyun kuni soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 121 kishiga ko‘payib, 4302 nafarga yetgani xabar berilgandi.

Hozirgacha mamlakatda 3354 nafar bemor sog‘aygan, 17 nafari esa vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют