» » Rossiya davolanishga va yaqin qarindoshlarini parvarishlashga boradigan xorijliklarga chegaralarini ochmoqda

Rossiya davolanishga va yaqin qarindoshlarini parvarishlashga boradigan xorijliklarga chegaralarini ochmoqda


Rossiya chegaralarini qisman ochmoqda, ishga, o‘qishga, davolanishga va qarindoshlari holidan xabar olish uchun ketadiganlarga mamlakatdan chiqishga ruxsat bermoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Shuningdek, xorijliklar Rossiyaga davolanish va yaqin qarindoshlariga qarash uchun kirishi mumkin bo‘ladi.

Mixail Mishustinning ma’lum qilishicha, u hukumatning tegishli farmoyishini imzolagan, biroq hujjat hali e’lon qilinmagan. Rossiya chegaralarining qachon ochilishiga ham aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, “Rosaviatsiya” xalqaro aviaqatnovlarni 15-iyuldan qisman tiklash haqida “Rospotrebnadzor”ga taklif kiritishni rejalashtirmoqda. Parvozlar dastlab MDH davlatlariga yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Boshqa davlatlar bilan esa chegaralar ochilishiga qarab qatnovlar tiklanishi mumkin.

Rossiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli 27-martdan boshlab boshqa davlatlar bilan doimiy aviaqatnovlarni to‘xtatgan.

Avvalroq Rossiyada COVID-19 bilan kasallanganlar soni 475 ming nafardan oshgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yaqin ikki hafta davomida xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun yana 20 ta charter reysni amalga oshiradi. Mazkur reyslarning asosiy qismi Rossiya shaharlaridan o‘zbekistonliklarni olib kelishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют