» » So‘xdagi mojaroda 3 ta uyning yonishi oqibatida 11 kishi boshpanasiz qolgani ma’lum bo‘ldi. Ular vaqtinchalik turar joyga joylashtirilgan (foto)

So‘xdagi mojaroda 3 ta uyning yonishi oqibatida 11 kishi boshpanasiz qolgani ma’lum bo‘ldi. Ular vaqtinchalik turar joyga joylashtirilgan (foto)


Farg‘ona viloyati So‘x tumani Chashma qishlog‘ida 31-may kuni yuz bergan mojaroda uchta uy yonib ketgani haqida xabar berilgandi. Tuman hokimligi tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur uylarning egalari vaqtinchalik turar joylarga joylashtirilgan.

Xabar berilishicha, uylari yonib ketgan Isroiljon, Anvarjon va O‘lmasoy Beknazarovlarning uy-joylari haqiqatan ham yonib ketgan. Mojaro oqibatida uy-joysiz qolgan mazkur fuqarolarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatildi.

Qayd etilishicha, vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlangan fuqarolarga tuman hokimligi tomonidan zaruriy shart-sharoitlar yaratib berildi. Oila o‘zining oshxonasiga ega, shuningdek, non yopish uchun tandir ham qurib berildi.

Shu bilan birga, tuman hokimligi tomonidan boshpanasiz qolgan Beknazarovlar oilasining barcha 11 nafar a’zosi uchun yangi kiyim-kechaklar ham xarid qilingan. Ta’kidlanishicha, bu oilalarning uylari zamonaviy tarzda davlat tomonidan qurib beriladi.

Mavzugadoir: Abdulla Aripov chegaradagi mojaro sabab yonib ketgan O‘zbekistondagi uchta xonadon qisqa muddatda tiklab berilishini ma’lum qildi

Ma’lumot uchun, 31-may kuni O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i va Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i aholisi o‘rtasida Qirg‘iziston hududida joylashgan, suvidan O‘zbekiston ham foydalanadigan Chashma bulog‘i ustida bahs chiqib, katta mojaroga aylanib ketgan. So‘x tumani hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 187 nafar o‘zbekistonlik tan jarohati olgan, O‘zbekiston hududidagi uchta xonadonda yong‘in chiqqan. Qirg‘izistonning Botken viloyatida uy va omborxona yonib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan 1-iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shni mamlakat hukumati rahbari bilan uchrashdi. Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Mazkur voqealar ortidan O‘zbekiston hukumati a’zolari hududdagi muammolarni o‘rganish uchun 2-iyun kuni u yerga tashrif buyurdi. So‘x tumaniga yangi hokim va ichki ishlar bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: So‘xdagi voqealar qirg‘iz xalqi bilan do‘stligimizga, bordi-keldimizga ta’sir qilmasligi kerak



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют