» » “Rutan” yangi preparat emas, uning koronavirusga qarshi ta’siri hali o‘rganilishi kerak

“Rutan” yangi preparat emas, uning koronavirusga qarshi ta’siri hali o‘rganilishi kerak


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti olimlari SARS CoV-2 koronavirusi ta’sirini 78,3 foizga susaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan “Rutan” nomli dorini yaratgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, bu yangi dori vositasi emas, u o‘zbekistonlik olimlar tomonidan 2015-yilda ishlab chiqarilgan.

Fevral oyining oxirlarida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Fan va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Do‘smatov ushbu dori vositasining xususiyatlari haqida so‘zlab bergandi.

Uning koronavirusga ta’siri hali o‘rganilishi kerak. Lekin gripp viruslarining turli shtammlariga qarshi samarasi isbotlangan.

“Rutan preparati interferon aktivlovchi universal dori vositasidir. U olimlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan va organizmning immunitetini oshirish orqali grippga qarshi kurashadi”, – deya ta’kidlagandi Aziz Do‘smatov.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining ma’lum qilishicha, 9-iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi China—Uzbekistan Medicine Technical Park texnoparkida ishlab chiqilgan 19 500 dona “Rutan” dori vositasini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz taqdim etgan.

Avvalroq O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimlari koronavirusni aniqlash uchun test tizimini ishlab chiqish ustida ish olib borayotgani va mazkur test tizimlari Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik olimlar koronavirusga chalinganlar genidagi DNK ketma-ketligini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют