» » O‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dorini yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar koronavirusga qarshi qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dorini yaratdi


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari SARS CoV-2 koronavirusi ta’sirini 78,3 foizga susaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan “Rutan” nomli dorini yaratdi. Bu haqda Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 9-iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi China—Uzbekistan Medicine Technical Park texnoparkida ishlab chiqilgan 19 500 dona “Rutan” dori vositasini O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan grippga qarshi original “Rutan” dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi virus ta’sirini 78,3 foizga susaytirish xususiyatini namoyon qilgan.

Agentlik tomonidan qayd etilishicha, “Rutan” dorisi GMP (Good Manufacturing Practic) talablariga javob beruvchi Xitoy—O‘zbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida ishlab chiqildi. 11 mingta o‘ramdagi “Rutan” dori vositasi koronavirusga qarshi gumanitar yordam sifatida Eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan O‘zbek—Xitoy ilmiy-texnologik parkiga 20 million dollar miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, 300 ta ish o‘rni tashkil etilgan.

Bugungi kunga kelib texnoparkda dori preparatlarining 8 xil ko‘rinishdagi (tabletkalar, kapsulalar, suyuq ko‘rinishdagi va boshqa) turlarini ishlab chiqaradigan farmasevtika zavodi faoliyat yuritmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi xodimlari koronavirusni aniqlash uchun test tizimini ishlab chiqish ustida ish olib borayotgani va mazkur test tizimlari Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarda sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik olimlar koronavirusga chalinganlar genidagi DNK ketma-ketligini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют