» » Lotin Amerikasining 9 ta mamlakati Venesueladagi to‘qnashuvlarni qoraladi

Lotin Amerikasining 9 ta mamlakati Venesueladagi to‘qnashuvlarni qoraladi


Lotin Amerikasining to‘qqizta mamlakati hukumatlari Venesueladagi namoyishchilar va politsiya o‘rtasidagi yangi to‘qnashuvlarni qoraladi va respublika hokimiyatini zo‘ravonlikni oldini olish uchun choralar ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda ushbu davlatlar TIVlarining qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

“Argentina, Braziliya, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Meksika, Paragvay, Peru va Urugvay Venesuelada yo‘l qo‘yilgan zo‘ravonlikni qat’iy qoralaydi, shuningdek, xalqaro hamjamiyatning ushbu mamlakatda e’lon qilingan manifestatsiyalarning tinch sharoitda va zo‘ravonliklarsiz o‘tkazilishiga chaqiriqlari inobatga olinmaganligidan afsusda”, — deyiladi xabarda.

Ushbu mamlakatlar hukumatlarining fikricha, Venesuela rasmiylari asosiy huquqlarni ta’minlash va ijtimoiy tinchlikni saqlash uchun zudlik bilan choralar ko‘rishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesueladagi norozilik namoyishlari davomida 223 kishi jabrlanganligi haqida xabar qilingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют