» » Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi


Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi qurib bitkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Tumanning G‘urumsaroy qishlog‘idagi karantin hududi 2,2 gektar maydonda barpo etildi. Elektr, suv va kanalizatsiya tarmoqlari tortildi.

Bu yerdagi maxsus konteynerlarning har biri 26 kvadrat metrdan iborat bo‘lib, 12 kvadrat metrli alohida kirish qismiga ham ega. Xonalar 4 kishiga mo‘ljallangan, konditsioner, televizor va dush bilan ta’minlangan.

Endigi asosiy e’tibor karantin hududi bilan yonma-yon joylashgan 150 o‘rinli shifoxona qurilishiga qaratilgan.

“Bu yerda muolaja xonalari, tibbiyot bo‘limlari, oshxona, laboratoriya va dorixona barpo etiladi. Hozirda 270 nafar muhandis va quruvchi, 20 dan ortiq texnika bilan ikki smenada ish tashkil etilgan. Maqsad tez kunlarda ushbu obyektni ham foydalanishga topshirishdan iborat”, — deydi qurilish ishlarini olib borayotgan “Sifat kafolat standart servis” korxonasi rahbari Ahmadjon Mamadaliyev.

Mavzuga doir: Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli shifoxona qurilishi boshlandi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют