» » O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 19 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 19 nafarga yetdi


Samarqandlik A. shu yilning 27-may kuni Sankt -Peterburgdan charter reys orqali O‘zbekistonga kelgan va Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingandi. Unda joriy yilning 1-iyun kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlanib, Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, koronavirus infeksiyasiga chalingan ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida o‘tkir leykoz, surunkali anemiya og‘ir darajasi va nafas yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

Shu yilning 1-iyun kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar, O‘zbekistondagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining shifokorlari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

Biroq standartlar bo‘yicha ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. U koronavirusdan vafot etgan O‘zbekistondagi 19-bemor bo‘ldi.

Bungacha O‘zbekistonda 18 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan edi:

O‘zbekistonda 10-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4591 nafarga yetdi. Kasallikdan sog‘ayganlar esa jami 3532 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют