» » Senatining beshinchi yalpi majlisi 19-iyun kuni videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi

Senatining beshinchi yalpi majlisi 19-iyun kuni videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi 2020-yil 19-iyun kuni chaqiriladi. Bu haqda 11-iyun, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan Senat kengashining majlisida ma’lum qilindi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, yalpi majlisda “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi, “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida”gi, “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Bundan tashqari, “‘Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida’gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar senatorlar tomonidan muhokama qilinadi.

Shuningdek, “‘2007-yil 27-iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlikdagi harbiy o‘quvlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimchalar kiritish haqida’gi bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ‘Bo‘g‘uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo‘llanilishini taqiqlash to‘g‘risida’gi protokolga qo‘shilishi haqida”gi qonunlari ham yalpi majlis kun tartibiga kiritiladi.

Shu bilan birga, adliya vazirining O‘zbekiston Respublikasida 2019-yilda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti, qolaversa, Samarqand viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitilishi nazarda tutilgan.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta’siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, karantin cheklovlari sababli Senatning uchinchi va to‘rtinchi yalpi majlislari ham videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют