» » So‘xga elektr ta’minotini yaxshilash uchun 79 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish kabellari yuborildi

So‘xga elektr ta’minotini yaxshilash uchun 79 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish kabellari yuborildi


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan So‘x tumanining elektr ta’minoti to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, aholining elektr ta’minoti borasidagi muammolari o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish chora-tadbirlari belgilab olingan, deya xabar qildi Energetika vazirligi.

Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tumanning elektr ta’minotidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan elektr qurilmalari, jumladan, turli quvvatdagi 16 dona transformator punkti, 79 kilometr uzunlikdagi zamonaviy elektr uzatish kabellari, 80 dona temir-beton tayanch, 1200 dan ortiq izolyatorlar, 10 turdagi elektr qurilmalari So‘x tumaniga yuborildi.

Mazkur ta’mirlash va yangi qurilish ishlarini bajarishdan kutilgan maqsad So‘x tumani aholisining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini to‘la qondirish hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashdan iborat, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2020, 21:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 126) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют