» » Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urildi

Qamchiq dovonida haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urildi


11-iyun kuni tunda Qamchiq dovoni Toshkent—O‘sh xalqaro avtomobil yo‘lining 261 kilometrida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.

Qayd etilishicha, 42 yoshli farg‘onalik haydovchi boshqaruvidagi Damas Toshkent tomon harakatlanib kelayotgan vaqtida yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilgan. Avtohalokatga Damas haydovchisining uxlab qolgani sabab bo‘lgan. Avariya oqibatida yengil mashina haydovchisi salonda tiqilib qolgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro mashina salonidan chiqarib olingan.

Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborilgan. FVV xabariga ko‘ra, haydovchi jiddiy jarohat olmagan va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Mavzuga doir: 

Avval Qamchiq dovonidagi mudhish YTHda 3 ta yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida uchala haydovchi ham vafot etgani, dovonda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan Damas ham orqa, ham old tomondan yuk mashinalari bilan to‘qnashgani, yuk mashinasi yonib ketgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют