» » O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3700 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 3700 nafarga yetdi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 50 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 63 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 55 yoshda, eng kichigi 2016-yil tug‘ilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 48 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 46 yoshda, eng kichigi 2017-yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida olinsa, Toshkent shahridan 46 nafar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 38 yoshda, eng kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Surxondaryo viloyatidan 2 nafar, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatidan 1 nafardan.

Endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1733 nafarga yetdi.

Bundan avval O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 3637 nafarni tashkil etayotgani xabar berilgan edi. Endilikda ular soni 3700 nafarga yetdi.

Kasallanganlarning umumiy soni esa 12-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 4819 nafarni tashkil qilmoqda, virus asoratlaridan 19 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют