» » Amerika havo marshali samolyot hojatxonasida to‘pponchasini unutib qoldirdi

Amerika havo marshali samolyot hojatxonasida to‘pponchasini unutib qoldirdi


Manchesterdan Nyu-Yorkka uchayotgan reysni kuzatib borayotgan Amerika havo marshali o‘z to‘pponchasini hojatxonada unutib qoldirdi, deb xabar bermoqda The New York Times.

Nashrning ma’lum qilishicha, qurolni samolyot yo‘lovchilardan biri topib olgan va ekipaj a’zolariga topshirgan. Ular esa o‘z navbatida to‘pponchani egasiga qaytardi.

Bo‘lib o‘tgan voqeaga qaramasdan xodim ishidan chetlatilmagan, unga boshqa reyslarni kuzatib borish vazifasi yuklangan.

Mojaro 6-aprel kuni sodir bo‘lganiga qaramay, endigina ma’lum bo‘ldi. AQSh transport xavfsizligi ma’muriyati bo‘lib o‘tgan voqeadan xabarlari borligini, biroq idora vakillari bu borada hech qanday izoh bermasligini ma’lum qildi.

Havo marshallari federal xizmati (FAMS) — AQShdagi huquqni muhofaza qiluvchi federal agentlik, Ichki xavfsizlik vazirligining (DHS) Transport xavfsizligi ma’muriyati (TSA) tarkibida faoliyat yuritadi. Maxfiy xizmat agentlarining vazifasi fuqarolik reyslarida yo‘lovchilarga qarshi ziddiyatli vaziyatlarga hamda samolyotlarni olib qochishga qarshi kurashishdan iborat.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют