» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 14 809 kishi, Qirg‘izistonda esa 2372 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 14 809 kishi, Qirg‘izistonda esa 2372 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 313 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,2 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 14 809 kishiga yetgan. Hozirga qadar 9188 kishi sog‘aygan, 77 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 4892 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston 20-iyundan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

Qirg‘izistonda 15-iyun holatiga ko‘ra, yana 87 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 48 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Kasallanish bo‘yicha yangi qayd etilgan holatlar orasida 22 nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2372 kishiga yetdi, ularning 27 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1813 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasidagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochiladigan bo‘ldi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 664 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 24 766 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida poytaxt Kobul shahrining o‘zida 316 kishida koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 471 kishiga yetdi, hozirga qadar 4725 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 524 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 55,9 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5035 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 64 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 96 kishiga shifoxonadan javob berilgan bo‘lib, hozirda Tojikistondagi tibbiyot muassasalarida 540 kishi davolanmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 50 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3409 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekistonda 15-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar 5103 nafarga yetdi. Mamlakatda hozirgacha koronavirusga chalinganlarning 3943 nafari butunlay sog‘aygan, 19 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют