» » Marhamatda tadbirkorlik uchun yer ajratib berish evaziga 4 kishidan 8250 dollar olgan shaxs ushlandi

Marhamatda tadbirkorlik uchun yer ajratib berish evaziga 4 kishidan 8250 dollar olgan shaxs ushlandi


Andijon viloyati Marhamat tumanida bir necha fuqaroga tadbirkorlik uchun yer ajratib berish evaziga 8250 dollar, bir kishiga ikki xonali uy olib berish uchun 27 million so‘m olgan mas’ul shaxs fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Marhamat tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijon viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi Marhamat tumani yetakchi mutaxassisi D.A. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro B.M.ning ishonchiga kirib, unga tuman hududidagi kichik sanoat zonasi uchun ajratilgan yer maydonidan uy-joy qurish hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun 10 sotix yer maydoni ajratib berishni aytgan va buning evaziga 1500 dollar talab qilgan. Mas’ul xodim mazkur pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, ushbu holat bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda yetakchi mutaxassis D.A. 2020-yilning may oyida to‘rt nafar fuqaroning ishonchiga kirib, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga yer ajaratish uchun 6750 dollarni hamda bir kishiga tumanda qurilayotgan ko‘p qavatli uydan 2 xonali uy olib berish evaziga 27 million so‘mni qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-06-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют