» » O‘zbekistonda 16-iyun kuni 230 kishida koronavirus aniqlandi. Qashqadaryoda kasallikka chalinganlar deyarli 3 barobarga ko‘paydi

O‘zbekistonda 16-iyun kuni 230 kishida koronavirus aniqlandi. Qashqadaryoda kasallikka chalinganlar deyarli 3 barobarga ko‘paydi


O‘zbekistonda 15-iyun soat 23:00 dan 16-iyun soat 23:00 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 230 ta holat qayd etildi.

Yangi kasallanganlarning

Qashqadaryo viloyatida karantinga olinganlar orasida 104 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda 1 sutka oldin kasallanganlar soni 57 nafar edi, endi esa 161 nafarga yetdi. Shu tariqa Qashqadaryoda kasallanganlar soni bir sutka ichida deyarli 3 barobarga o‘sdi.

16-iyun davomida sog‘aygan 77 nafar fuqaroning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5493 nafar bemordan 4096 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 74 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1378 nafar bemordan 13 nafari og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 29 378 nafar, statsionar karantinda esa 21 365 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют