» » “O‘rikzor” bozori 17-iyun kuni dezinfeksiya ishlari uchun yopildi

“O‘rikzor” bozori 17-iyun kuni dezinfeksiya ishlari uchun yopildi


“O‘rikzor” bozori 17-iyun kuni dezinfeksiya ishlari uchun yopildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar guvohlik bermoqda.

O‘zbekistonda 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilgan edi. Toshkentda 16-iyundan boshlab ko‘plab bozorlar, jumladan, “Abu Saxiy” buyum bozori (“Toshkent savdo markazi”) va Sergelidagi mashina bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” kompaniyasi) ishga tushdi.

Shu bilan birga, aholi orasida karantin davrida buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat berilishi xavfli emasmi, degan savol paydo bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botir Qurbonov bu savolga javob berib, buyum bozorlarida epidemiologik barqarorlikni ta’minlash va kasallik keng tarqalishining oldini olish uchun barcha zaruriy profilaktik choralar ko‘rilishini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi 23-may kuni bozorlar xodimlarini ommaviy testdan o‘tkazish jarayonida Toshkentdagi “O‘rikzor” bozoridagi sotuvchilarning birida koronavirus aniqlanib, bozor vaqtinchalik yopilgandi, 30-may kuni sotuvchining o‘g‘li va qizida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. 1-iyun kuni esa “O‘rikzor”dagi yana bir sotuvchida va Yunusoboddagi do‘kon sotuvchisida koronavirus aniqlandi.

Mavzuga doir: “Chorsu” buyum bozori va “Poytaxt” savdo majmuasi sotuvchisida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют