» » Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 15 542 kishiga, Qirg‘izistonda esa 2562 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 15 542 kishiga, Qirg‘izistonda esa 2562 kishiga yetdi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 350 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 2,3 foizni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi viloyatlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 15 542 kishiga yetgan. Hozirga qadar 9647 kishi sog‘aygan, 88 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 6175 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘iston 20-iyundan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni qayta tiklaydi

Qirg‘izistonda 17-iyun holatiga ko‘ra, yana 90 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 36 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Kasallanish bo‘yicha yangi qayd etilgan holatlar orasida 21 nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2562 kishiga yetdi, ularning 30 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1901 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 793 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 26 310 kishini tashkil etmoqda.

O‘tgan bir sutka davomida poytaxt Kobul shahrining o‘zida 460 kishida koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 491 kishiga yetdi, hozirga qadar 5090 bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 381 kishi sog‘aygan, hozirga qadar Afg‘onistonda koronavirusga qarshi 59,1 mingdan ortiq test o‘tkazilgan.

Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5160 kishiga yetdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”. O‘tgan sutka davomida yana 63 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 121 kishiga shifoxonadan javob berilgan bo‘lib, hozirda Tojikistondagi tibbiyot muassasalarida 387 kishi davolanmoqda.

Mamlakatda hozirga qadar 50 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 3624 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Turkmanistonda o‘tkir pnevmoniya kasalligi tarqalmoqda

O‘zbekistonda 17-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 5561 nafarga yetdi. Hozirga qadar mamlakatda 4096 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan, jami 19 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют