» » APL. “Manchester Siti” “Arsenal” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi

APL. “Manchester Siti” “Arsenal” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining qoldirilgan 28-turidan o‘rin olgan ikkita bahs 17-iyun, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Manchester Siti” o‘z uyida “Arsenal”ni qabul qilib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda londonliklar himoyachisi David Luizning xatosidan keyin to‘pni qabul qilib olgan Rahim Sterling hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Luiz o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisini to‘xtatib qolgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi. Belgilangan penaltini Kevin de Bryuyne aniq bajardi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Fil Foden hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Pep Gvardiola shogirlarining ochkolari 60 ta yetdi. “Manchester Siti” peshqadam “Liverpul”dan 22 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda va keyingi pog‘onadagi “Lester”ni yetti ochko ortda qoldirmoqda.

APL

28-tur bahslari

17-iyun, chorshanba

Gollar: 1:0 – 45+2 Sterling, 2:0 – 51, penalti de Bryuyne, 3:0 – 90+1 Foden.

“Manchester Siti”: Ederson, Erik Garsiya, Uoker, Laport (Fernandinyo, 70), Mendi, Silva (Bernardu Silva, 65), de Bryuyne (Rodri Ernandes, 70), Mahrez (Foden, 65), Gundo‘g‘an, Sterling, Gabriel Jezus (Aguero, 80).

“Arsenal”: Leno, Mari (David Luiz, 24), Belyerin, Mustafi, Tirni, Uillok (Nelson, 67), Genduzi (Meytlend-Naylz, 67), Jaka (Sebalyos, 8), Obameyang, Nketia (Lyakazett, 67), Saka.

Ogohlantirishlar: Tirni (76), Rodri Ernandes (79).

Chetlatish: David Luiz (49).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 02:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют