» » Qashqadaryodagi mavjud maktablarning 294 tasi haligacha brujavika pechda isitiladi

Qashqadaryodagi mavjud maktablarning 294 tasi haligacha brujavika pechda isitiladi


Qashqadaryodagi mavjud 1144 ta maktabning 294 tasi qish mavsumida haligacha brujavika pechda isitiladi. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev.

Qayd etilishicha, 16-iyun kuni Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida boshqarma boshlig‘i ishtirokida matbuot brifingi tashkil etilgan.

“Haqiqatni yashirish kerak emas, viloyatimizdagi 294 ta maktab qish mavsumida haligacha brujavika pech orqali isitiladi. Va barcha viloyatlarda bunday holat bor”, — dedi Abdug‘ani Himmatov.

Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufida bugungi kunda 1162 ta ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, shuning 1144 tasi umumta’lim maktabi bo‘lsa, qolgani maxsus maktablar, maktab-internatlari, Barkamol avlod markazlari hamda mehribonlik uylari hisoblanadi.

2019/2020-o‘quv yilida viloyatdagi maktablarda 627 328 nafar o‘quvchi tahsil olgan. Shundan 47 846 nafari 11-sinf bitiruvchilari bo‘lib, 409 nafari oltin, 313 nafari esa kumush medal bilan o‘qishni tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, internet saytlarida viloyatdagi maktablarning isitish tizimi, umumta’lim maktablariga berilayotgan ko‘mir va briketlarning sifatsizligi borasida ko‘plab tanqidiy maqolalar e’lon qilingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют