» » O‘zbekistonda 18-iyun kuni 85 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 28 tasi aholi orasida qayd etildi

O‘zbekistonda 18-iyun kuni 85 kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 28 tasi aholi orasida qayd etildi


O‘zbekistonda 17-iyun soat 23:00 dan 18-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 85 ta holat qayd etildi. So‘nggi besh kun ichida birinchi marta yangi kasallanish holatlari 100 tadan oshmadi. 17-iyunda 189, 16-iyunda 230, 15-iyunda 183 va 14-iyunda 114 kishida koronavirus aniqlangandi.

Yangi kasallanganlardan

Kun davomida beshta hududda kasallik aniqlandi. 18-iyunda yangi kasallanish holatlari qayd etilgan Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarini Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kun avval vaziyat murakkab bo‘lib turgan hududlar sifatida e’tirof etgandi.

18-iyun kuni 68 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aydi. Ularning barchasi Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5767 nafar bemordan 4199 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1549 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Bir sutka ichida ahvoli og‘ir bemorlar sonida o‘zgarish bo‘lmadi.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 30 434 nafar, statsionar karantinda esa 22 343 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. Bir kun ichida uy karantinidagi fuqarolar soni 1798 nafarga, statsionar karantindagi fuqarolar soni 288 nafarga ko‘paydi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют