» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 570 ming kishiga yaqinlashdi, qurbonlar soni 7841 kishiga yetdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 570 ming kishiga yaqinlashdi, qurbonlar soni 7841 kishiga yetdi


Rossiyada 19-iyun kuni holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan 7972 nafar bemor aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 569 063 kishiga yetdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi bir sutkada yangi aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Moskva shahrida (1136 ta), Moskva viloyatida (646 ta), Xanti-Mansiysk avtonom okrugida (259 ta), Sverdlov viloyatida (254 ta), Sankt-Peterburg shahrida (228 ta), Nijegorod (219 ta) va Voronej (203 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

So‘nggi bir sutkada kasallik oqibatida 181 nafar bemor vafot etgan. Mamlakatda kasallik qurbonlarining umumiy soni 7841 kishiga yetgan.

Kasallikdan tuzalganlarning umumiy soni 324 406 kishini tashkil qilmoqda, shu jumladan, bir sutka ichida 10 443 kishi kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Rossiyada COVID-19’ni aniqlash bo‘yicha 16,3 milliondan ortiq test o‘tkazilgan, so‘nggi bir sutkada ularning soni 330,2 mingtani tashkil qilgan.

Bir kun avval kunlik ko‘rsatkichlar 7790 ta yangi holatni, 182 nafar qurbonni va 9621 nafar tuzalgan bemorni tashkil qilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют