» » Toshkentda Mercedes-Benz bilan to‘qnashgan Nexia-3 yonib ketdi

Toshkentda Mercedes-Benz bilan to‘qnashgan Nexia-3 yonib ketdi


Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida Mercedes-Benz bilan to‘qnashgan Nexia-3’da yong‘in sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea 19-iyun, juma kuni soat 08:50 da sodir bo‘lgan. Nexia-3 haydovchisi 28 yoshli D.M. masofa saqlamaganligi sababli 36 yoshli A.D. boshqaruvidagi Mercedes-Benz bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Nexia-3’da yong‘in chiqqan va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan Nexia-3’ haydovchisi va 23 yoshli yo‘lovchisi D.I. shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют