» » O‘zbekistonda 19-iyun kuni 179 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paydi

O‘zbekistonda 19-iyun kuni 179 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paydi


O‘zbekistonda 18-iyun soat 23:00 dan 19-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 179 ta yangi holat qayd etildi. Bir kun avvalgiga qaraganda kasallar soni ikki baravarga o‘sdi. 18-iyun kuni 85 kishida koronavirus aniqlangandi.

Yangi kasallanganlarning

Kun davomida 6 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 3 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi.

19-iyun kuni 74 nafar fuqaro koronavirusdan sog‘aydi. Ularning 68 nafari Toshkent shahridagi, 6 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5946 nafar bemordan 4273 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1654 nafar bemordan 14 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ikki sutkadan beri ahvoli og‘ir bemorlar soni 12 nafarni tashkil etayotgandi. 16-iyundan beri shifoxonalardan ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar qolmagandi. Endi bir nafar o‘ta og‘ir ahvoldago bemor bor.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 33 601 nafar, statsionar karantinda esa 22 875 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют