» » Bishkek merida koronavirus aniqlandi

Bishkek merida koronavirus aniqlandi


Bishkek merida koronavirus aniqlandi. Bu haqda poytaxt munitsipalitetiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Bishkek meri Aziz Surakmatov uch kundan buyon o‘zini izolyatsiyalagan, kasallik yengil shaklda o‘tmoqda — merning tana harorati biroz ko‘tarilgan.

Surakmatovning ta’kidlashicha, u o‘zini yaxshi his qilmoqda, biroq so‘nggi polimeraza zanjir reaksiyasi tahlili natijasi ijobiy chiqqan. Shu sababli u uyda qolmoqda, sog‘lig‘i shifokorlar nazorati ostida.

Mer masofadan turib ishlashni davom etmoqda, shahar va tezkor shtab odatdagi rejimda faoliyatini davom ettirmoqda, shahardagi barcha xizmatlar va hokimiyatlar uzluksiz ishlamoqda.

Qirg‘izistonda 20-iyun holatiga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2981 kishiga yetdi, ularning 35 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 1981 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Armaniston bosh vaziri va Checheniston rahbarida, Qozog‘istonning birinchi prezidentida ham koronavirus aniqlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют