» » O‘zbekistonda 21-iyun kuni 162 kishida koronavirus aniqlandi. Oltita hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi

O‘zbekistonda 21-iyun kuni 162 kishida koronavirus aniqlandi. Oltita hududda aholi orasida kasallanish qayd etildi


O‘zbekistonda 20-iyun soat 23:00 dan 21-iyun soat 23:00 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 162 ta holat qayd etildi. Kasallanganlar soni hafta davomidagi eng past ko‘rsatkichlardan biri bo‘ldi. Bundan kamroq kasallanish holati 18-iyunda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 85 kishida koronavirus aniqlangandi. 21-iyunda qayd etilgan yangi holatlardan so‘ng kasallanganlarning umumiy soni 6315 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlardan

Kun davomida 8 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 6 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi.

21-iyun davomida 87 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri, Navoiy, Xorazm hamda Samarqand viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 6315 nafar bemordan 4377 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 69 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1919 nafar bemordan 11 nafari og‘ir, 3 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka ichida ahvoli og‘ir bemorlar soni 3 nafarga kamaygan bo‘lsa, ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 2 nafarga ko‘paydi. 21-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra ham ahvoli og‘ir bemorlar 15 nafarni, ahvoli og‘ir bemorlar 1 nafarni tashkil etayotgandi.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 19 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyining o‘zida 4 nafar bemor vafot etdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 37 314 nafar, statsionar karantinda esa 22 812 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Toshkent viloyatining O‘rtasaroydagi karantin markazida 20-iyun kuni soat taxminan 4:00—5:00 oralig‘ida 42 yoshli, asli Farg‘ona viloyatidan bo‘lgan fuqaro karantinga olingan fuqarolarni vaqtinchalik saqlash konteyneri ichida o‘zini osib qo‘ygan.

U koronavirusga tahlil topshirgan bo‘lgan, biroq tahlil natijalari hali chiqmagan. Fuqaro aynan qachon, qayerdan kelgach, O‘rtasaroydagi karantin markaziga joylashtirilgani hozircha ma’lum emas. Fuqaro nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani ham noma’lum.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют