» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 600 ming kishiga yaqinlashdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 600 ming kishiga yaqinlashdi


Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida 7425 kishida koronavirus aniqlandi. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 7600 kishini tashkil qilgandi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Rossiyada koronavirusga chalingan bemorlarning umumiy soni 599 705 kishiga yetdi.

O‘tgan bir sutka ichida koronavirus infeksiyasi oqibatida 153 kishi vafot etgan. Pandemiya boshidan buyon Rossiyada koronavirus oqibatida vafot etgan bemorlar soni 8359 kishiga yetdi. Mamlakatda so‘nggi bir sutka ichida 12 013 kishi kasallikdan tuzalgan, tuzalganlarning umumiy soni 356 429 kishini tashkil qilmoqda.

Bir sutka ichida koronavirusni aniqlash bo‘yicha 233 mingta test o‘tkazilgan, pandemiya boshidan buyon o‘tkazilgan testlar soni 17,5 millionga yetgan.

Avvalroq butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 9 million nafardan oshgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Rossiyalik ekspert ochiq suv havzalarida koronavirus bilan kasallanish ehtimolini baholadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-06-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют