» » PSJ klubning 4 nafar vakilida koronavirus aniqlanganini e’lon qildi

PSJ klubning 4 nafar vakilida koronavirus aniqlanganini e’lon qildi


PSJ mashg‘ulotlarni boshlash arafasida jamoada koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq to‘rtta holat aniqlanganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, jamoaning uch nafar o‘yinchisi va murabbiylar shtabining bir vakilida koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan.

“Bemorlarda infeksiya alomatlari aniqlanganida, ular bir-birlari bilan muloqot qilmagan va o‘zini o‘zi yakkalash rejimida bo‘lgan. Hozirda ularda hech qanday kasallik yo‘q va mashg‘ulotlarni qayta boshlashi mumkin”, — deyiladi Parij klubining bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Fransiya chempionatining 2019/2020-yilgi mavsumi muddatidan oldin yakunlandi. Unda PSJ mamlakat chempioni deb tan olingan. Fransiya chempionatining yangi mavsumi boshlanishi esa 22-avgust sanasiga belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют