» » “Real” yarim himoyachisi Xames Xitoyga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi

“Real” yarim himoyachisi Xames Xitoyga ko‘chib o‘tishdan bosh tortdi


“Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges madridliklar safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotganidan nolidi va Xitoydan tushgan taklif haqida gapirdi.

“Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman, biroq tanlash imkoniyatim bo‘lganda, o‘z salohiyatimni namoyish qila oladigan jamoaga yo‘l olishni istardim. Nima uchun o‘ynamayapman? Yaxshi savol, bunga o‘zim ham javob olishni istardim. Murabbiy senga yetarli o‘yin amaliyotini bermasligi yoqimsiz, axir bir necha daqiqada o‘z imkoniyatlaringni ko‘rsatib bera olmaysan.

Italiyadan taklif bor edi, biroq u meni qoniqtirmadi, bu menga to‘g‘ri kelmasligini tushundim. O‘z vaqtida agentim “Real”ga men boramda Xitoydan taklif tushganini aytdi. Biroq taklif qanaqa bo‘lishidan qat’i nazar u yerga bormasligimni aytdim. Men Xitoyga ketishga tayyor emasdim, hali Yevropa futbolida ko‘p narsa qila olishimga ishonaman”, — deydi Xames.

Xamesning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum kolumbiyalik futbolchi Ispaniya chempionatida 8 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va golli uzatmaga muallif bo‘ldi.

Mavzuga doir: Xames Rodrigesning shedevrlari bilan esda qolgan JCh—2014 dagi eng chiroyli 10 ta gol (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-06-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют