» » Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori ishlamagan xodimlar nomiga ish haqi yozib, 63 million so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori ishlamagan xodimlar nomiga ish haqi yozib, 63 million so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi


Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori N.X. ishlamagan xodimlar nomiga ish haqi yozib, 62,9 million so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Shahrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi bosh direktori N. X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, muzey-qo‘riqxona rahbari amalda ishlamagan turmush o‘rtog‘i D. V. va yana to‘rt nafar fuqaroga soxta hujjatlar asosida ish haqi hisoblab, 62,9 million so‘m budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holat bo‘yicha N. X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish) 2-qismi “g” bandi va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют