» » Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini o‘rinbosari Aleksey Soy egalladi

Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini o‘rinbosari Aleksey Soy egalladi


Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Aleksey Soy tayinlandi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat rahbarining farmoni bilan Birtanov Yeljan Amantayevich Qozog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etilsin”, – deyilgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev matbuot xizmatining xabarida.

Shuningdek, Oqo‘rda bir necha kun avval sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan Aleksey Soy idoraga yangi rahbar etib tayinlangani ma’lum qilingan.

Avvalroq Qozog‘iston parlamenti Aleksey Soyni sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlash haqidagi taklifni ma’qullagandi.

Yangi vazir 43 yoshda, u uchta tilda erkin so‘zlasha oladi. Yuridik hamda tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega, tibbiyot fanlari nomzodi.

Eslatib o‘tamiz, 14-iyunda Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Yeljan Birtanovda koronavirus aniqlangani xabar qilingan, keyinchalik 18-iyunda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. U kasallik tufayli Moskva shahrida o‘tkazilgan G‘alaba paradida ishtirok eta olmadi.

Shuningdek, 20-iyunda Qirg‘izistonda Bishkek meri Aziz Surakmatov, 22-iyunda Olmaota viloyati hokimi Omondiq Batalovning kasallikni yuqtirib olgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют