» » Hindistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 500 mingdan oshdi

Hindistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 500 mingdan oshdi


Hindistonda oxirgi bir sutkada koronavirusga chalinganlar soni 18,5 mingtaga ko‘paydi va mamlakat bo‘ylab bu ko‘rsatkich jami 508 953 ni tashkil etdi. Bu haqda Hindiston Sog‘liqni saqlash va oilaviy farovonlik vazirligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirda mamlakatda 197 387 kishi davolanmoqda. Oxirgi 24 soat ichida 10 244 nafar bemor COVID-19’dan sog‘ayib, kasallikdan tuzalganlar soni jami 295 880 kishiga yetdi.

Shuningdek, Hindistonda oxirgi sutkada 384 kishi koronavirusdan vafot etib, bu borada umumiy ko‘rsatkich 15 685 taga yetdi.

Jons Hopkins universitetining 27-iyun soat 13:30 da bergan ma’lumotga ko‘ra, Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Undan avval jadvalda Rossiya (619 936 kishi), Braziliya (1 274 974 kishi) va AQSh (2 467 837 kishi) qayd etilgan.

Avvalroq mamlakat hukumati kasallanganlar soni minimal bo‘lgan hududlarni izolyatsiya rejimidan bosqichma-bosqich chiqarishni boshladi. Joriy yilning 8-iyun kuni ibodatxonalar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlarini ochilishga ruxsat berildi. Epidemiologik xavfli deb topilgan joylarda izolyatsiya rejimi 30-iyungacha uzaytirildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют