» » Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshib ketdi

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshib ketdi


Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni bir sutkada 8,9 mingtaga ko‘payib, 207 615 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va oilaviy xotirjamlik vazirligi axborotiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi. Bir kun avval kasallanganlarning umumiy soni 198 706 nafarni, undan oldin esa 190 535 nafarni tashkil qilgan.

Vazirlik bergan ma’lumotga asosan Hindistonda 101 497 kishi kasallikdan davolanmoqda. 100 3302 nafar bemor (bir sutka ichida 4 776 kishi) COVID-19’dan tuzalgan, bemorlarning 5 815 nafari (bir sutka ichida 4 776 kishi) esa virus qurboni bo‘lgan.

Avvalroq Hindiston ichki ishlar vazirligi 25-martdan beri amalda bo‘lib turgan o‘zini yakkalash rejimini kasallik avj olgan joyda 30-iyungacha uzaytirishni, kasallik kamaygan joyda esa yumshatishni buyurgandi. Vazirlik, shuningdek, karantindan chiqishning 3 ta bosqichini ishlab chiqqan.

Birinchi bosqich 8-iyunda boshlanib, ibodatxonalar, mehmonxonalar, restoranlar va savdo markazlari ochiladi.

Ikkinchi bosqich iyul oyida boshlanib, mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan holda maktablar va o‘quv muassasalari ishlashiga ruxsat beriladi.

Cheklovlarni olib tashlashning uchinchi bosqichining vaqti hali aniqlanmagan bo‘lib, unda xalqaro reyslar, metro, kino zallari, suzish havzalari, teatrlar, kafelarning faoliyati qayta tiklanadi va ommaviy yig‘ilishlarga ruxsat beriladi.

Mazvuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют