» » Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 130 ming nafardan oshdi

Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 130 ming nafardan oshdi


Hindistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha holatlar soni bir sutka ichida 6,7 mingtaga ko‘paydi va kasallanganlarning umumiy soni 131 868 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash va oilaviy xotirjamlik vazirligi axborotiga tayanib “RIA Novosti” xabar qilgan.

Bir kun avval kasallanganlarning umumiy soni 125 101 nafarni, undan oldin esa 118 447 nafarni tashkil qilgan.

Vazirlik bergan ma’lumotga asosan Hindistonda 73 560 kishi kasallikdan davolanmoqda. 54 440 nafar bemor (bir sutka ichida 2 657 kishi) COVID-19’dan tuzalgan, 3867 nafar odam (bir sutka ichida 1437 kishi) esa kasallikdan vafot etgan.

Hindistonda epidemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud mamlakat markazidagi Maxarashtra shtati bo‘lib turibdi, bu yerda 47 190 ta kasallanish holati kuzatilgan (bir sutkada 2607 ta qo‘shildi). Ikkinchi o‘rinda Tamilnad shtati bormoqda – 15 512 nafar bemor (bir sutka davomida 759 nafar odam qo‘shildi). Koronavirusga chalingan odamlar soni bo‘yicha 3-o‘rinda Hindistonning eng g‘arbiy shtati Gujorot bormoqda: kasallanganlarning umumiy soni 13 664 nafar, bir sutka ichida 396 ta yangi holat qayd etilgan.

Avval Hindiston ichki ishlar vazirligi 25-martdan beri amalda bo‘lib turgan “o‘zini yakkalash” rejimini 31-maygacha uzaytirgan va shtatlarga koronavirus bilan kasallanish holatlarining soniga qarab hududlarni “qizil”, “to‘q sariq” va “yashil” toifalarga ajratish bo‘yicha topshiriq bergandi. “Yashil” va “to‘q sariq” hududlarda taksi va jamoat transportining harakatlanishiga ruxsat beriladi, zavodlar va alohida do‘konlar ochiladi. Hukumat ichki va xalqaro aviaqatnovlarga qo‘yilgan taqiqni uzaytirgan. Shuningdek, izolyatsiya rejimi davrida maktablar, universitetlar, mehmonxonalar, katta savdo markazlari va restoranlar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Ommaviy tadbirlar, xususan, diniy marosimlar o‘tkazilishi taqiqlangan. Sport komplekslari va stadionlarni ochishga ruxsat berilgan, biroq tomoshabinlar kirishiga ruxsat yo‘q. Soat 07:00 dan 19:00 oralig‘ida amal qiluvchi komendantlik soati ham uzaytirilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют