» » RPL. Oston O‘runov jamoasi mehmonda “Spartak”dan ochko tortib oldi

RPL. Oston O‘runov jamoasi mehmonda “Spartak”dan ochko tortib oldi


Futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan bahsda Moskvaning “Spartak” klubi 27-iyun, shanba kuni “Ufa”ni qabul qildi.

Moskvada kechgan bahsda kurash asosan maydon markazida kechdi va darvozalarga to‘p kiritilmadi. Jamoalar murosa ko‘chasini tanlab, bir ochkoda bo‘lishib oldi.

Ushbu bahsda “Ufa” safida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov maydonda 81 daqiqa harakat qildi.

Mazkur natijadan keyin “Spartak” 32 taga yetkazib 6-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Ufa” 31 ochko bilan 7-pog‘onada joylashgan.

24-tur bahsi

27-iyun, shanba

“Spartak”: Maksimenko, Jigo, Bakayev (Umyarov, 64) Ponse (Mirzov, 84), Larsson (Sobolev, 63) Kral, Yeshenko (Golosov, 84), Maslov, Zobnin (Martikesov, 90+3), Gaponov, Rasskazov

“Ufa”: Belenov, Yokich, Tabidze, Pusko, Nedelcharu, Suxov (Trentev, 90+5), Karp, Fomin, O‘runov ( Giorgobiani, 81), Agalarov (Bizyak,, 46) Kozlov (Golubev, 46)

Ogohlantirishlar: Nedelcharu 16, Maslov 43, Tabidze 44, Kral 80.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют