» » O‘zbekistonda 27-iyun kuni 255 kishida koronavirus aniqlandi. Beshta hududda aholi orasida kasallik qayd etildi

O‘zbekistonda 27-iyun kuni 255 kishida koronavirus aniqlandi. Beshta hududda aholi orasida kasallik qayd etildi


O‘zbekistonda 26-iyun soat 23:00 dan 27-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 255 ta holat qayd etildi. Besh kundan buyon yangi kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda. Bir kun ichida 255 kishida kasallik aniqlanishi 25-iyunda o‘rnatilgan rekorddan keyingi ikkinchi natija hisoblanadi. Ikki kun avval 276 kishida kasallik aniqlangandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 7682 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

27-iyun davomida 202 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Toshkent shahri va Xorazm viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7682 nafar bemordan 5240 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 68 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2422 nafar bemordan 19 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kun avval bemorlarning 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda edi.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi. Koronavirusdan vafot etgan denovlik ayolda chindan ham koronavirus bo‘lganini Sog‘liqni saqlash vazirligi ayolning o‘limidan 5 kun o‘tib tasdiqlagandi.

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani hokimligi ham 31-mayda o‘limi qayd etilgan fuqaro koronavirusdan vafot etganini 17-iyun kuni ma’lum qilgandi. Ammo Kitobda vafot etgan fuqaroni Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etganlar ro‘yxatiga kiritmagan.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 39 673 nafar, statsionar karantinda esa 23 991 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-06-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют