» » O‘zbekistonda 26-iyun kuni 250 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 8 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 26-iyun kuni 250 kishida koronavirus aniqlandi. Ahvoli o‘ta og‘ir bemorlar soni 8 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 25-iyun soat 23:30 dan 26-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 250 ta holat qayd etildi. To‘rt kundan buyon yangi kasallanganlar soni 200 nafardan oshmoqda.

Yangi kasallanganlarning

26-iyun davomida 161 nafar fuqaro sog‘aydi. Ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida shifo topdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 7427 nafar bemordan 5038 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 67 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2369 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

15-martda epidemiya boshlanganidan beri O‘zbekistonda 20 nafar bemor COVID-19 asoratlari oqibatida vafot etgan. Iyun oyida 5 nafar bemor hayotdan ko‘z yumdi.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 37 377 nafar, statsionar karantinda esa 22 088 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют