» » “Manchester Siti” safarda g‘alabaga erishib, Angliya Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi

“Manchester Siti” safarda g‘alabaga erishib, Angliya Kubogi yarim finaliga yo‘l oldi


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining chorak finalida “Manchester Siti” 28-iyun, yakshanba kuni “Nyukasl” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 37-daqiqasida Kevin de Bryuyne penaltini aniq amalga oshirgan holda “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Rahim Sterling uzoq masofadan chiroyli gol urdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Shu tariqa “Manchester Siti” kubok yarim finaliga yo‘l oldi. Avvalroq “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Chelsi” keyingi bosqich masalasini hal qilgandi.

Angliya Kubogi

? final bahsi

28-iyun, yakshanba

Gollar: 0:1 – 37, penalti de Bryuyne, 0:2 – 68 Sterling.

“Nyukasl”: Darlou, Fernandes, Mankilyo, Rouz (Lazaro, 75), Lassels, Longstaff, Heyden (Longstaff, 79), Sen-Maksimen (Yedlin, 74), Almiron (Joelinton, 65), Sher, Kerroll (Geyl, 65).

“Manchester Siti”: Bravo, Mendi, Otamendi, Lyaport, Uoker (Joau Kanselu, 71), Gyundogan, de Bryuyne (Rodri Ernandes, 71), Mahrez (Foden, 64), Silva (Bernardu Silva, 64), Sterling, Gabriel Jezus.

Ogohlantirishlar: Kerroll (61), Joelinton (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют