» » Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida yana 6719 kishida koronavirus aniqlandi

Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida yana 6719 kishida koronavirus aniqlandi


Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida yana 6719 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurash tezkor shtabi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus tarqalishni boshlaganidan buyon kasallikka chalinganlarning umumiy soni 641 156 kishiga yetdi. Hozirga qadar 403 430 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan (o‘tgan bir sutkaning o‘zida 4343 kishi). Shuningdek, mamlakatda 9166 bemor COVID-19 qurboniga aylangan (o‘tgan bir sutkada 93 kishi).

Bundan tashqari, bir sutka davomida koronavirusga 289,4 mingta test o‘tkazilgan. Pandemiya boshlanganidan buyon Rossiyada o‘tkazilgan testlar soni 19,3 milliondan oshdi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin har uch kunda koronavirusga test topshirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 million kishidan, virus qurbonlari esa 500 ming kishidan oshdi.

Mavzuga doir: Virusologlar Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini qachon boshlanishini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют