» » O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi


O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmonga ko‘ra, agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdor.

Farmon bilan agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi. Jumladan, agentlik mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi.

Agentlik korrupsiyaga oid, birinchi navbatda, O‘zbekistonning milliy manfaatlariga va xalqaro imijiga zarar yetkazuvchi jinoyatlarni tergov qilish natijalarini kompleks tahlil qiladi.

Shuningdek, agentlikka quyidagi bir qator huquqlar berildi:

Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi va natijalari yuzasidan yozma axborot berilishi shart.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomada korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra barvaqt oldini olishga o‘tish kerakligini ta’kidlab, unga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tuzishni taklif qilgan edi. 2020-yilning 11-fevralida mazkur organni tashkil etish masalalari bo‘yicha Prezident raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.

Mavzuga doir: Nig‘matilla Yo‘ldoshev yuqori idoralarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid choralari kutilgan natijani bermayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют